“Xalq ta’limi” jurnali bugungi kunda maktabgacha, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limi, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta’lim tizimining ilmiy, nazariy asoslarini, ta’lim texnologiyalari, mamlakatimiz va xorijiy ta’lim sohasidagi yangiliklarni xolis va haqqoniy tarzda yorituvchi nashrlardan biridir.
Yoshlarga ta’lim berish sifatini oshirish, mustaqil hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan ijtimoiy faol, aqliy va ma’naviy salohiyati yuksak shaxs etib tarbiyalashning natijaviy yo‘llari jurnalda aniq va ravshan yoritib kelinmoqda.
Jumladan, jurnalda mamlakatimizda ta'lim tizimiga oid qabul qilinayotgan huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyatini hamda xalq ta'limining buguni va istiqbolini ifoda etuvchi ilmiy asoslangan tahliliy maqolalar berib borish ham ko'zda tutilgan.
Shuningdek, o‘qitishning ilg‘or tajribalarini targ‘ib etish, bu sohadagi ijobiy yutuqlarni umumlashtirish va ommalashtirish, tadqiqotchilarning pedagogika va psixologiya yo‘nalishidagi tadqiqotlari natijalari, o‘qitish metodikasiga doir yangiliklar ilmiy maqolalar bilan ko‘p ming sonli jurnalxonlarni tanishtirib borishda tahririyat o‘z oldiga aniq maqsadlarni belgilab oldi.