Til millatning husnini ko`rsatadi
Чет тилиTilga ehtirom va e'tibor dunyoda inson bolasi muhtaramligining e'tirofidir. Bejiz emaski, xalqimiz tilga, xususan o`zining ona tiliga muntazam muhabbat bilan qaragan, uni e'zozlab ardoqlagan, o`zbek tilining mukammalligi va betakror ohanglaridan faxru iftixor qilgan.1989 yil 21 oktabrda Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Bu voqea millatimiz taqdirida tarihiy voqea, istiqlol yo`lidagi dastlabki va muhim qadam bo`ldi. Shundan buyon har yili xalqimiz bu kunni tabarruk ayyom sifatida keng nishonlab kelmoqda. Davlat tili haqidagi qonun mamlakatimizda o`zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e'tiborga oladi. Albatta, biz bu kunga osonlikcha yetib kelmadik. Davlat tili haqidagi qonun muhokamaga qo`yilgan chog`da ziyolilar, jumladan siyosatshunoslar orasida ham turli fikrlarni dastak qilib chiqqanlar bo`ldi.